«Yosh veterinarlar» to‘garagi asosida talabalarga bilim va ko‘nikmalar berildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali "Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi" kafedrasida tashkil etilgan «Yosh veterinarlar» to‘garagi asosida bugun filialning 3-bosqich talaba-yoshlari va texnikum o‘quvchilariga «Gelmintlarda koprologik tekshirish usullari» mavzusida amaliy dars mashg‘ulotlari olib borildi.
Filialning o‘quv laboratoriyasida olib borilgan dars davomida kafedraning assistent- o‘qituvchisi U.Shakilov tomonidan talabalarga keng tushunchalar berib o‘tildi. Talabalarda aniq tushunchalardi hosil qilish uchun dars jarayonida hayvon tezagini mikroskop orqali tekshirishning ikki hil usuli ko‘rsatib berildi. Ya'ni, birinchi usuli izma-iz yuvish usuli, ikkinchisi esa fyulleborn usuli. Har ikkala usulda tekshirib ko‘rishda aynan nimalarga e'tibor qaratish lozim ekanligi ta'kidlab o‘tildi. Natijalar solishtirildi va ushbu jarayon qiziqarli tarzda olib borildi.
To‘garak a'zolari mavzu yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Talaba-yoshlarga qo‘shimcha ma'lumotlar ham berib o‘tildi. Dars davomida talabalar tekshirish jarayonlarida o‘zlari ishtirok etib, o‘qituvchining ko‘rsatmasi asosida ikki usulni ham amalga oshirib ko‘rishdi. O‘quv laboratoriyasida olib boriladigan har qanday dars mashg‘ulotlari talaba-yoshlar uchun foydali hisoblanadi. Yosh veterinarlarning mutaxassislik fanlardan bilim va ko‘nikmalari to‘garak doirasida yanada mustahkamlanib boradi deb o‘ylaymiz. Zero, har bir kafedrada tashkil etilgan to‘garaklarning maqsadi ham aynna shulardan iborat.
скачать dle 12.1