Texnikum o‘quvchilariga master klass tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali huzuridagi Nukus veterinariya meditsinasi texnikumi o‘quvchilariga filial professor-o‘qituvchilari tomonidan ma'ruzalar va master klasslar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, «Iqtisodiyot va gumanitar fanlar» kafedarsining katta o‘qituvchilari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.Zarikeyeva hamda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) R.Yusupova texnikum o‘quvchilariga «Kompleks sonlarga doir masalalar yechish» va «Talab va taklifning nazariy asoslari» mavzularida master klass o‘tdi.
Olib borilgan ma'ruzalar davomida o‘quvchi yoshlarga mavzu doirasida to‘laqonli ma'lumotlar berib o‘tildi. O‘quvchilarni darsga keng jalb qilib, qiziqishlarini yanada oshirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Dars ishtirokchilari atroflicha tushunchalarga ega bo‘lishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tashkil etilgan shu kabi master klasslar texnikum o‘quvchilarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlab borishga ko‘mak beradi.
скачать dle 12.1