OITS bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi
Joriy yilning 1-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining majlislar zadida «OITS bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari A.Djanibekova va D.Daliyeva, filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. «Veterinariya va zooinejenriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, yoshlarga mazkur mavzu yuzasidan keng tushunchalarni berib borish zarur ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga OITS kasalligi to‘g‘diradigan xavfi, uning belgilari hamda yuqish yo‘llari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.
OITSga qarshi jahon miqyosida samarali tarzda kurash olib borilayotganligi va bu muhim ahamiyat kasb etishi, ushbu qo‘rqinchli kasallik tufayli qancha odamlar dunyodan bevaqt o‘tayotganligi, tegishli mutaxassislar tomonidan ogohlikka chaqirilsa ham atrofdagilar shu mavzuga hali-hanuz loqaydlik bilan qarab, e'tiborsiz bo‘lishi oqibatida kasallik qurbonlarining soni ortib borishi biz uchun xavfli ekanligi bo‘yicha keng tushunchalar berilib, Jahonda va O‘zbekistonda shu kasallik tufayli qancha kishi vafot etganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlar berildi. Talabalarda yanada aniq tushunchalar hosil bo‘lishi uchun bukletlar tarqatildi.
скачать dle 12.1