SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIMizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga sayohat uyushtirildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga sayohat uyushtirildi
Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga sayohat uyushtirildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetining 4-bosqich 402-guruh talaba-yoshlari Xo‘jayli tumanidagi Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasiga sayohat qilishdi. Fakultetning dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov va guruh rahbari N.Dauletbaevlar hamrohligidagi mazkur sayohat “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusida tashkil etildi.
Talabalarni madaniy meros ob'ektlari bilan yaqindan tanishtirish, ularning tarixiy obidalarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, qolaversa, madaniy hordiq olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Xo‘jayli tumani bo‘ylab uyushtirilgan sayohat davomida Mizdaxqon tarixiy esdalik majmuasining tarixi, yodgorliklari haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tildi.
Sayohlar orasida mashhur bo‘lgan ushbu majmuaning o‘ziga hos boy tarixi, afosona-yu rivoyatlari talabalarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi. Talaba-yoshlar Shamun-Nabi maqbarasi va “Xalifa Rajab” maqbaralari haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Sayohat davomida ular majmuaning diqqatga sazovor joylari bilan tanishib, aniq taassurotlarga ega bo‘lishdi. Talaba-yoshlarni tarixiy va madaniy meroslarimizni o‘rganishga qiziqtirish va ularni milliy madaniyatimizga sadoqatli qilib tarbiyalashda shu kabi sayohatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohat juda maroqli bo‘lib o‘tishi bilan birgalikda talabalar iliq taassurotlarga ega bo‘lishdi.