Talaba-yoshlarga saylov jarayonlari bo‘yicha tushunchalar berildi
Barchmizga ma'lumki, shu yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Joylarda mana shunday muhim siyosiy jarayonlar haqida yoshlarga keng tushunchalar berish, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar ishtirokida «Saylov qonunchiligi va amaliyoti» mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
«Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov tadbirni ochib berdi va olib bordi. Uchrashuv davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Yuridika fakulteti «Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqarish» kafedrasi mudiri A.Jumanov va ushbu fakul'tetning talaba-yoshlari J.Abdimuratova, D.Ravshanovlar so‘zga chiqib, saylovda ishtirok etish har bir fuqaroning Konstitusiyaviy huquqiy burchi ekanligi, bugungi kunga kelib saylov jarayonlari yanada liberallashtirib boriliyotganligi, siyosiy partiyalarning saylovdagi ishtiroki haqida tushunchalarni berib o‘tdi.
Talaba yoshlarga saylov huquqi nima ekanligi, ovoz berish tartibi, saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari hamda ayni kunlarda olib borilayotgan saylovga tayyorgarlik jarayonlari haqida atroflicha ma'lumotlar berilib, saylovlarni o‘tkazishda ochiq va oshkoralik prinsipiga asoslangan holda amalga oshirib borilishiga alohida urg‘u berildi. Saylov yoshlarning o‘z saylov huquqini amalga oshirishi va davlat boshqaruvida ishtirok etishi uchun qulay imkoniyat ekanligi ta'kiddlanib, 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish va vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi taqdiri uchun eng munosib nomzodga ovoz berish tavsiya berib o‘tildi.
Axborot xizmati скачать dle 12.1