Qishloq xo‘jaligi vazirligining ishchi guruh vakillari filial faoliyatini o‘rganishdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining ishchi guruh vakillari tashrif buyurishdi. Jumladan, vazirlikning ilm-fan, innovatsiyalar va ta'limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i T.Atakulov, boshqarmaning bosh mutaxassislari Sh.Suvanqulov va E.Tog‘aymurodovlar dastlab, filial rahbariyati bilan uchrashib, muloqot olib borishdi.
Muloqot davomida ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad vazirlik tizimidagi oliy o‘quv yurtlari, texnikum va liseylarning faoliyatini yaqindan o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ekanligi etirof etib o‘tildi. Filial direktori A.Esimbetov ishchi guruh vakillariga filialdagi o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat va talabalar zamonaviy bilim olishlari uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma'lumot berib o‘tdi. Ta'lim sifatini yanada yaxshilash, soha bo‘yicha yetuk kadrlarni tayyorlash uchun kelgusida hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shundan so‘ng ishchi guruh vakillari filialdagi mavjud sharoitlar bilan tanishish maqsadida o‘quv xonalari, kutubxona, o‘quv laboratoriya xonalari, vivariy hamda talabalar turar joyini o‘rganishdi. Yotoqxonada yashaydigan talaba-yoshlar bilan suhbat olib borishdi. Shuningdek, ishchi guruh vakillari Nukus veterinariya medisinasi texnikumida ham bo‘lib u yerdagi sharoitlarni ham o‘rganishdi.
скачать dle 12.1