O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Bugun 18-oktabr Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Abdullayev, Filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari E.Seytmuratov tadbir boshida so‘z olib, Ona tilimiz bizning darajamizni, ilm va kamolatimizni o‘lchaydigan va ko‘rsatib beradigan tarozi ekanligini, jonajon ona tilimizda barcha milliy qadriyatlarimiz aks etishi haqida gapirib, milliy g‘ururimiz bo‘lgan va ajdodlardan bizga meros bo‘lib qolgan, hamiysha ulug‘langan Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligiga o‘ttiz besh yil to‘lishi munosabati bilan barchani samimiy qutladi.
Shundan so‘ng QDUning o‘qituvchisi D.Abdullayev so‘zga chiqib, Ona tilimiz bizning o‘tmishimizni, bugunimizni va kelajagimizni oynadek ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni va milliy o‘zligimizni saqlab qolishda muhim omil bo‘lib hisoblanishini alohida ta'kidlab o‘tdi. Tadbir davomida mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish va jahonga tanitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan ijobiy natijalarga alohida urg‘u berib o‘tildi.
Shuningdek, talabalarga biz o‘zimiz uchun juda aziz bo‘lgan insonlar- ota va ona so‘zlarini o‘z tilimizda aytganmiz, beshikda yotganimizda onalarimiz zibonidan milliy tilimizda alla eshitib, murg‘ak go‘daklik qalbimizda ona tilimizga bo‘lgan mehr va cheksiz muhabbat tuyg‘ulari shakllana boshlagani hamda har birimiz ona tilimizning ajib ohanglarini yuragimiz to‘riga muhirlaganmiz. Inson zoti borki, qalbidagi eng beg‘ubor orzularini ona tilida ifoda etishi haqida tushunchalar berildi. Tadbirning badiiy qismida esa iqtidorli talaba-yoshlarimiz tomonidan Ona tilimizning jozibasini o‘zida namoyon etuvchi she'rlar ijro etildi. Axborot xizmati скачать dle 12.1