SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIFOTOREPORTAJ Fidoyi pedagog » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
FOTOREPORTAJ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida fidoyi, jonkuyar ustozlar jam bo‘lgan. Ular qatorida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega professor-o‘qituvchi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Ro‘zimboy Turg‘unboev ham bor. Fidoyi pedagog qariyb 30 yildan buyon qishloq xo‘jaligi va chorvachilik yo‘nalishida oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlab kelmoqda.
Uning 100 dan ortiq ilmiy maqolasi hamda 10 dan ziyod ilmiy monografiyasi chop etilgan. Shuningdek, bir qancha yosh olimlarning fan nomzodligi va fan doktorligi bo‘yicha ilmiy dissertasiya ishlarini himoya qilishda ilmiy rahbarlik qilgan. Hozirda R.Turg‘unboev oliy ta'lim dargohidagi «Zooinjeneriya» kafedrasida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.