SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALITo‘garak a'zolari «Parrandachilik – yetti xazinaning biri» mavzusida tushunchalarga ega bo‘lishdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » To‘garak a'zolari «Parrandachilik – yetti xazinaning biri» mavzusida tushunchalarga ega bo‘lishdi
To‘garak a'zolari «Parrandachilik – yetti xazinaning biri» mavzusida tushunchalarga ega bo‘lishdi
Yangi o‘quv yili boshlanganiga ham deyarli 3 hafta bo‘lib qoldi. Talaba-yoshlarni o‘quv jarayonlariga moslashtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish maqsadida kafedralar tomonidan har xil to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, «Zooinjeneriya» kafedrasining «Yosh chorvadorlar» to‘garagida «Parrandachilik – yetti xazinaning biri» mavzusida talabalarga keng tushunchalar berildi.
Jami 50 nafar talabani qamrab olgan to‘garak davomida mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumotlar taqdim etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida parrandachilik yetakchi tarmoqlardan bo‘lib hisoblanishi, xalqimiz tilida parranda yetti xazinaning biri deb atalishi, ayni kunlarda yurtimizda mazkur sohaga alohida e'tibor qaratilayotganligi borasida aytib o‘tildi.
To‘garak faoliyatini muntazam ravishda yuritib borishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak yosh mutaxassislarni yetuk kadr sifatida tayyorlash ularning malakasini oshirib borish hamda shu orqali kasb mahoratini shakllantirib borishdir. «Parrandachilik – yetti xazinaning biri» mavzusida tashkil etilgan to‘garak davomida talaba-yoshlar qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.