SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIOsiyo taraqqiyot bankining xalqaro konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazildi
Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 17-sentyabr kuni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi binosida Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro konsultantlari va mahalliy ishchi guruh vakillari tomonidan chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mitaning tumanlardagi bo‘lim xodimlari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, fermer xo‘jalik rahbarlari va soha vakillari Seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan qishloq xo‘jaligi va veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirish va ish sifatin oshirishga yordam beradigan innovasion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida chorvachilik, yaylov va veterinariya sohalarida aholining xabardorligini oshirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha hamda soha mutaxassislarini yaylov resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish, iqlim o‘zgarishi sharoitida chorvachilik uchun ozuqa bazasini mustahkamlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berib o‘tildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda chorvachilik sohasi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Sohaga oid dolzarb mavzular muhokama qilindi. Seminarda filial o‘qituvchisi R.Aytjanov «Mayda shoxli hayvonlarni sun'iy urug‘lantirishning yangi innovasion usullari» mavzusida ma'ruza qildi. Xalqaro konsultantlari va mahalliy ishchi guruh vakillari ishtirokida tashkil etilgan seminar mobaynida ishtirokchilar atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.