Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar hamda tyutorlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining majlislar zalida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar hamda tyutorlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasining bosh mutaxassisi X.Nezamatov, Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy xodimi A.Yaxshibaev, Respublika targ‘ibot guruhining a'zosi, filologiya fanlari bo‘yicha filosofiya doktori (PhD), dosent, Q.Mambetov, Filial va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi. Nukus konchilik institutining Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimlari, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar hamda tyutorlar qatnashdi.
«Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov tadbir boshida so‘z olib, mazkur seminarning maqsadiga to‘xtaldi. Seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan jamiyat hayotida muhim muhim ro‘l o‘ynaydigan talaba-yoshlarni turli yot g‘oyalardan himoyalash, muntazav ravishda ulardagi ma'naviy bo‘shliqni to‘ldirib borish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talabalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ayniqsa qizlar ongiga xalqimiz o‘tmishi, qadriyatlari va madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimizning qadr-qiymatini singdirish kabi dolzarb mavzular yuzasidan to‘laqonli tushunchalar berildi.
Guruh tyutorlariga talaba-yoshlar bilan ish olib borishda nimalarga ahamiyat qaratish lozim ekanligi, ular bilan qanday qilib do‘stona munosabatlarni o‘rnatish mumkin ekanligi haqida tavsiyalar berildi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarga talaba-qizlar bilan ko‘proq samimiy muloqot olib borib, ularning o‘zini tutishi va muntazam ravishda odob-axloq qoidalariga rioya etishga chaqirib turishi maslahat berildi. Ishtirokchilar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
Axborot xizmati скачать dle 12.1