TTJda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan suhbat olib borildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan suhbat olib borildi. Profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov va pedagog-tarbiyachi B.Xojametov tomonidan talabalarga yotoqxonadagi mavjud tartib-intizom batafsil tushuntirilib, ushbu tartib-qoidalarga mas'uliyat bilan yondashish zarur ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan har bir talaba birinchi navbatda tozalik va ozodolikka rioya etish kerak ekanligi, atrof muhit tozaligiga ham e'tiborli bo‘lib, chiqindilar bilan to‘ldirish mumkin emasligi o‘qtirildi.
Olib borilgan ochiq muloqot davomida yotoqxonadagi har bir qavatga sardorlar tayinlanib, ularga o‘z vazifalari nimalardan iborat ekanligi tushuntirildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarning ham fikr va mulohozalari tinglanib, takliflari o‘rganildi. Yotoqxonada talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib borish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilishi rejaga kiritilganligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Talabalarga yaratilgan qulay imkoniyatlardan unumli foydalanib, mas'uliyatli bo‘lishlari maslahat berildi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1