Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda sohaga oid loyihalar amalga oshiriladi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro konsultantlari Vilius Rekstys, Eduards Bakasejevs, Mattei Guido hamda mahalliy ishchi guruh vakillari T.Nuratdinov, H.Jollibekov, S.Abdalimov, R.Qurbanovlar tashrif buyurdi. Filial direktori A.Esimbetov va mehmonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan kelgusida hamkorlikda ta'lim va qishloq xo‘jaligi, veterinariya va chorvachilik sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ijobiy natijalarga erishish, veterinariya va chorvachilik sohasi bo‘yicha filial tomonidan taqdim etilgan foydali loyihalarni o‘rganib chiqish va moliyalashtirish, amaliyotga tatbiq etish kabi muhim takliflar ilgari surildi.
Muloqot davomida mehmonlar Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi va veterinariya va chorvachilik sohalari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qulay muhit mavjudligini alohida ta'kidlab, filial rahbariyatini ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Hamkorlikda ish olib borish, katta loyihalarni tatbiq etish, shu orqali esa soha rivojiga hissa qo‘shish kabi masalalar muhokama qilindi. Bo‘lib o‘tgan suhbatdan keyin xalqaro konsultantlar filial majlislar zalida professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan uchrashib, ochiq muloqot olib bordi.
Suhbat davomida loyihalarni qanday usulda taqdim etish va qanday maqsadga yo‘naltirish kerak ekanligi bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar taqdim etildi. Jumladan, xalqaro konsultant Mattei Guido tomonidan iqlim o‘zgarishiga chidamli chorvachilikni rivojlantirish loyihasini tayyorlash bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan kelgusida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va birgalikda chorvachilik sohasida aholiga foydali bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
скачать dle 12.1