Filialga tahsil olish uchun kelgan talabalar yotoqxona bilan ta'minlandi
Ma'lumki, bugungi kunda oliygohlarda tahsil olayotgan talaba-yoshlarni turar joy bilan ta'minlash massalasiga alohida etibor qaratilib, ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarolib borilmoqda. Ayniqsa, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida olis viloyatlardan va tumanlardan talabalar poytaxtga bilim olish uchun tashrif buyurib, talabalar turar joyi va ijara uylarga joylashadilar.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ushbu masalani ijobiy hal etish uchun mas'ullar tomonidan kerakli ishlar olib borilmoqda. Filial direktori A.Esimbetov mazkur jarayon bilan yaqindan tanishish va ishonch hosil qilish maqsadida yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklarni o‘rgandi. TTJga joylashgan yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, fikr va takliflarini tingladi.
Talabalar o‘zlari uchun yaratib berilgan sharoitlardan to‘liq mamnun ekanliklarini e'tirof etishdi. Direktor suhbat davomida ayni kunlarda 6 qavatdan iborat 400 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona qurilishiga yoz mavsumida start berilib, jarayon davom etayotganligini alohida ta'kidlab o‘tdi. — Talabalarni turar joy bilan ta'minlash va zarur qulayliklarni yaratishga astoyidil intilamiz, agar sizlar va ota-onangiz yashash sharoitingizdan mamnun bo‘lsa bizlar ham xotirjam bo‘lamiz — deydi Adilbay Esimbetov.
Ma'lumot o‘rnida, filial talabalar turar joyi jami 78 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 32 nafar o‘g‘il bola va 46 nafar qizlar joylashtirilgna. Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu jarayonlarning shaffof tarzda o‘tishi nazorot ostiga olindi.
скачать dle 12.1