Filialda yangi o‘quv yiliga start berildi
“Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak, Vatanmiz!» shiori ostida yangi 2024-2025-o‘quv yiliga start berildi. Yangi o‘quv yilining ochilish marosimida dastlab, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi M.Qaypanov, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Yangi o‘quv yili ochilish marosimida filial direktori, professor A.Esimbetov nutq so‘zlab, barcha ishtirokchilarni yaqinda xalqimiz katta shodiyona bilan nishonlagan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati hamda talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalarni samimiy qutladi. Talaba-yoshlarga yangi o‘quv yilida yangi marralarni zabt etishini, yuqori natijalarga erishib, faol talabalar safidan joy olishlarini tiladi.
Tadbir davomida so‘z olgan mehmonlar mamlakatimizda ayniqsa so‘nggi yillarda oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan jadal islohotlar, ta'lim sifatini yaxshilash yo‘nalishida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar. Muhtaram Prezidentimiz g‘amxo‘rligi bilan joriy yilda ham faqat qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun alohida kvotalarning ajratilishi yana minglab yoshlarga katta motivasiya bag‘ishlashiga urg‘u berib o‘tildi. Shuningdek, tadbirda yuqori ball to‘plab 1-bosqichga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari so‘zga chiqib, ularning farzandlari ta'lim olishlari uchun mamlakatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.
Qalbidagi eng ezgu orzulari ro‘yobga chiqib, talabalik safiga qabul qilingan yoshlar sifatli ta'lim olishga shay holatda yangi o‘quv yilini boshlab oldilar. Ular kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadigan yetuk va zamonaviy kadrlar bo‘lishiga ishonch bildiramiz. Tadbir konsert dasturi bilan davom etdi.Axborot xizmati скачать dle 12.1