Professor yosh tadqiqotchilarga to‘g‘ri yunalish ko‘rsatib, o‘z bilimini o‘rtoqlashmoqda
Mamlakatimiz taraqqiyoti yetuk ta'lim-tarbiya va ilmga ega bo‘lgan yoshlarning orzu maqsadlari va yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois bugungi kunda ularning sifatli va zamonaviy ta'lim olishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi, yangi tadqiqotlar ustida ish olib borib, ijobiy natijalarga erishishi uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatishga urg‘u berib kelinmoqda. Ilmiy tadqiqotchilar tajiribasini yanada orrtirish maqsadida jarayonga sohaning yetuk mutaxassislari jalb qilinmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi filialga yaqindan ko‘mak berib kelmoqda.
Jumladan, qo‘mitaning Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, veterinariya fanlari doktori, professor S.Mavlonov filial talabalariga ma'ruza o‘tish bilan cheklanib qolmasdan, yosh tadqiqotchilar, magistr va tayanch doktarantlarga ilmiy rahbarlik qilib, ular bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Professor filial tadqiqotchilari bilan o‘z bilim va amaliy tajribalarini o‘rtoqlashib, ularga ilm sirlarini puxta o‘rgatib kelmoqda. Har bir ezgu ish albatta o‘zining ijobiy samarasini beradi. Jumladan, S.Mavlonov ilmiy rahbarligida joriy yilda “Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasining tayanch doktoranti A.Kamalova “Zoologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston sharoitida qishloq xo‘jalik hayvonlarining ektoparazitlarini tarqalishi va oldini olish choralari” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Yana bir tayanch doktorant Sh.Utegenova ham bugungi kunda professor bilan birgalikda filial laboratoriyasida hamda fermer xo‘jaliklarida va aholi xonadonlarida parvarish qilinayotgan qoramollar bilan tegishli ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. S.Mavlonov o‘z shogirdalariga ilm bilan shug‘ullanish va ilmiy tadqiqotlar olib borish olimlar oldiga juda katta vazifalarni qo‘yishi va ular zimmasidagi chuqur mas'uliyat yukini teran his qilishlari kerakligi haqida o‘gitlar beradi. Jonkuyar ustoz sifatida o‘z maslahatlarini ayamay, bor bilimini shogirdlari bilan bo‘lishadi.
– Har bir davlatning har tomonlama ravnaq topishi, katta yutuqlarga erishishi hamda jadal rivojlanishi, ilgari odimlab borishi zamirida bugun yoshlarimizning olayotgan bilim va ko‘nikmalari hamda albatta ilm-fan bilan erkin shug‘ullanishi uchun ularga yaratib berilayotgan qulay sharoitlar mujassam, – deydi professor S.Mavlonov– men filialdagi yosh olimlar bilan ishlab o‘zimni ancha tetik his qilaman, o‘zimdagi bilimlarni ularga o‘rgatish va ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayoni qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tadi. Filialda ilmiy tadqiqotchilar uchun zarur imkoniyatlar mavjud. Oliy maqsadimiz mana shunday ezgu ishlarga o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat. Albatta, o‘z o‘rnida filial rahbariyati ajoyib hamkorlik va ko‘mak uchun professorga o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1