Yangi o‘quv yilida texnikum o‘quvchilarni o‘z bag‘riga qarshi oldi
Bugundan mamlakatimizdagi ta'lim muassasalarida (OTMlardan tashqari) yangi o‘quv yili boshlandi. Shu jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali huzuridagi Nukus veterinariya meditsinasi texnikumi ham yangi o‘quv yiliga shay holatda o‘quvchilarni bag‘riga qarshi oldi. "Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbir boshida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi. Texnikum direktori v.v.b Rashid Elmuratov tadbirni ochib, yaqindagina katta shodiyona sifatida nishonlangan O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yilligi hamda yangiy o‘quv yili boshlanishi bilan barchani samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, veterinariya fanlari doktori, professor S.Mavlonov, Qoraqalpog‘iston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi S.Niyetullaev, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori A.Esimbetovlar so‘zga chiqib, bugun taraqqiyot sari odimlab borayotgan bir pallada yoshlarning yetuk ta'lim olishi eng muhim vazifa sifatida ilgari surilib, ularni bilimli, tarbiyali, zamonaviy dunyoqarashga ega inson qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishi, bugungi kunda shu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi.
Tadbir o‘z yakuniga yetgach texnikum o‘quvchilariga birinchi o‘qish kuni "Mustaqillik darsi" bilan boshlandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, veterinariya fanlari doktori, professor S.Mavlonov o‘quvchi yoshlarga mustaqillik darsini o‘tdi. Dars davomida ularga mustaqillik tushunchasi nima ekanligi, o‘tgan yillar davomida erishilgan katta yutuqlar va mashaqqatlar, farovon hayotga erishish yo‘lida xizmat qilgan ziyoli ajdodlarimiz, bugungi misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar, yoshlarning har bir sohada qo‘lga kiritayotgan katta yutuqlari xususida so‘zlab berdi. Dars mobaynida o‘quvchi yoshlar mustaqillik ulug‘ ne'mat ekanligini yana bir karra chuqur anglab, o‘ziga xos motivasiya oldilar.
Axborot xizmati скачать dle 12.1