Filialning magistraturasi uchun mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimlanishi
2024-2025 o‘quv yilida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga hujjat topshirish uchun yo‘nalishlar belgilandi.
Unga ko‘ra, filialning magistraturasi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
•Qishloq xo‘jalik hayvonlarining seleksiyasi va naslchilik — jami 4 o‘rin, shundan 4 nafari grant asosida;
•Chorvachilik — jami 4 o‘rin, shundan 2 nafari grant, 2 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida;
•Veterinariya jarrohligi— jami 4 o‘rin, shundan 4 nafari grant asosida;
•Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi — jami 4 o‘rin, shundan 2 nafari grant, 2 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida;
•Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari— jami 4 o‘rin, shundan 2 nafari grant, 2 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida.
Mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha filialga jami 20 nafar magistr qabul qilinadi. Qo‘shimcha savollar bo‘yicha quyidagi ko‘rsatilgan raqamlarga: +99861 224-73-03, +99861 224-74-80, +99861 224-71-03, +99894 628-25-85, +99891 303-04-38, +99890 658-90-07 murojaat qilishingiz hamda rasmiy veb-saytimiz, rasmiy telegram kanalimiz, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1