2024-2025 o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar belgilandi
2024-2025 o‘quv yilida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga hujjat topshirish uchun yo‘nalishlar belgilandi.
Unga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
•Iqtisodiyot— jami 30 o‘rin, shundan 15 nafari qoraqalpoq tili uchun, 15 nafari esa o‘zbek tili uchun;
•Buxgalteriya hisobi— jami 30 o‘rin, shundan 15 nafari qoraqalpoq tili uchun, 15 nafari esa o‘zbek tili uchun;
•Zooinjeneriya — jami 50 o‘rin, shundan 25 nafari qoraqalpoq tili uchun, 25 nafari esa o‘zbek tili uchun;
•Suv bioresurslari va akvakultura— jami 30 o‘rin, shundan 15 nafari qoraqalpoq tili uchun, 15 nafari esa o‘zbek tili uchun;
•Veterinariya meditsinasi — jami 50 o‘rin, shundan 25 nafari qoraqalpoq tili uchun, 25 nafari esa o‘zbek tili uchun;
•Veterinariya farmasevtikasi—— jami 30 o‘rin, shundan 15 nafari qoraqalpoq tili uchun, 15 nafari esa o‘zbek tili uchun;
•Veterinariya sanitariya ekspertizasi— jami 50 o‘rin, shundan 25 nafari qoraqalpoq tili uchun, 25 nafari esa o‘zbek tili uchun.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 250 nafar talaba qabul qilinadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha quyidagi ko‘rsatilgan raqamlarga: +99861 224-73-03, +99861 224-74-80, +99861 224-71-03, +99894 628-25-85, +99891 303-04-38, +99890 658-90-07 murojaat qilishingiz hamda rasmiy veb-saytimiz, rasmiy telegram kanalimiz, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
Axborot xizmati скачать dle 12.1