Filial jamoasi Mo‘ynoq tumaniga parvoz qilishdi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining mehnat jamoasi ichki turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida Mo‘ynoq tumaniga sayohat qilishdi. Filial jamoasi Nukus xalqaro aeroportidan yo‘lovchi reys bilan Mo‘ynoqqa parvozni amalga oshirishdi. Ular muvaffaqiyatli parvozdan so‘ng Mo‘ynoq aeroportiga qo‘ndi va Mo‘ynoq bo‘ylab sayohatga start berishdi.
Birinchi manzil ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi majmuasi bo‘ldi. «Kemalar qabristoni»ga tashrif davomida u yerdagi 15 ga yaqin kemalar ko‘rgazmasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, ushbu zanglagan kemalar Orol fojiasini chin ma'noda tasvirlab beradi degan ta'rif bekorga berilmaganiga guvoh bo‘lishdi. Mo‘ynoqqa tashrif buyuradigan ko‘plab sayohlarda qaynoq taassurotlarni qoldiradigan ushbu manzildan so‘ng, filial jamoasi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan yana bir manzil tomon yo‘l olishdi.
Orol dengizining o‘tmishi va tarixini aks ettiruvchi Orol dengizi tarixi muzeyiga tashrif buyurib, bu yerdagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey xodimlari mehmonlarni iliq qarshi olib, Orol dengizi tarixi va mavjud eksponatlar haqida qiziqarli ma'lumotlarni berib o‘tishdi. Sayohatchilarimiz Orol dengizi tarixiga oid hujjatli fil'mni tomosha qilib, yanada kengroq taassurotga ega bo‘lishdi.
—Mo‘ynoq bo‘ylab sayohatimiz davomida bu yerdagi diqqatga sazovar joylar bilan yaqindan tanishib, ijobiy taassurotlarga ega bo‘ldik—deydi fakultet dekani A.Kaniyazov—Qolaversa, Nukusdan Mo‘noqqa ilk parvozni amalga oshirganimiz ham bizga yorqin xotiralarni tuhfa qildi.
Filial jamoasi ishtirokida Mo‘ynoq tumaniga uyushtirilgan sayohat qiziqarli taassurotlarga boy tarzda kechdi.
скачать dle 12.1