Hamkorlikning yangi bosqichlari sari qadam tashlanmoqda
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida “Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’limi va tadqiqot innovatsiyalari alyansi” 9-yillik konferensiyasi o‘tkazildi. 9-iyul kuni start olgan tadbir 11-iyulga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarining vakillari hamda mahalliy vakillarni bir joyga jamlagan tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Konfrensiya doirasida yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari va Xitoy, Qozog‘izton va Pokistonning qishloq xo‘jaligi institutlari o‘rtasida ko‘plab hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali konferensiyaning ikkinchi kunida Xitoy Xalq Respublikasining Yangling kasb-hunar va texnik kolledji va Qozog‘iston Respublikasining Semey shahridagi Shakarim nomidagi universiteti bilan hamkorlik memoranduminip imzolashga muvaffaq bo‘lgan edi. Bugun ham xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan vakillar bilan muzokaralar davom ettirilib, ijobiy natijalarga erishildi.
Ya'ni, filial direktori Adilbay Esimbetov Xitoy Xalq Respublikasining Shansi qishloq xo‘jaligi universiteti rektori Liao Yuncheng hamda Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan nufuzli Quaid-i-Azam universiteti professori, doktor Mushtaq Ahmad QAU botanika bog'i va gerbariy (ISL) direktori bilan olib borilgan muloqot davomida mazkur universitetlar bilan memorandum imzolashga erishdi. Memorandum va shartnomalarni imzolash marosimi davomida yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari va xorijiy davlatlarning nufuzli oliygohlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. O‘z o‘rnida Qozog‘iston, Pokiston hamda Xitoy Xalq Respublikasi bilan tuzilgan memorandumlar filial uchun hamkorlikning yangi bosqichlarini ochib berishga va ta'lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi deb ishonch bildiramiz.
скачать dle 12.1