Qozog‘iston va Xitoy Xalq Respublikasining oliy o‘quv yurtlari bilan memorandum imzolandi
Joriy yilning 10 iyul kuni “International hotel Tashkent” mehmonxonasida "Ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va ilmiy-tadqiqot innovatsion Alyansi"ning 9 yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Tadbdirni Qishloq xo’jaligi vaziri I.Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir doirasida 13 ta xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan vakillar o’zaro fikr almashib, dolzarb masalalarni muhokama qildi. Anjumanda Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining qishloq xo’jaligi mahsulotlari ko’rgazmalari bilan qatnashdi. Xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar bilan muzokaralar olib borildi. Ushbu tadbirga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori A.Esimbetov hamda ilmiy-tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Mambetnazarov bevosita ishtirok etishmoqda. Quvonarlisi, anjuman doirasida filial direktori A.Esimbetov va Xitoy Xalq Respublikasining Yangling kasb-hunar va texnik kolledjining prezidenti Zhong Weizhon hamda Qozog‘iston Respublikasining Semey shahridagi Shakarim nomidagi universiteti rektori D.Orinbekov bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Kelishuv uchrashuvi davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali hamda Xitoy Xalq Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining ushbu nufuzli oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. —Mana shunday muhim tadbir doirasida xorijiy va qo‘shni davlatlar OTMlari bilan memorandumlar imzolashga muvaffaq bo‘ldik—deydi filial direktori A.Esimbetov—albatta bu har ikki tomon uchun ham manfaatli hamkorlik bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Anjuman doirasida Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari shu kabi foydali hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishmoqda
скачать dle 12.1