Yangi loyihalar ustida ish olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 8-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar filial rahbariyati bilan uchrashib, suhbat olib borishdi. Filial direktori A.Esimbetov va ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari R.Madrimov hamda A.Urinovalar o‘rtasida olib borilgan o‘zaro muloqot davomida o‘zaro do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, ilm-fan va ta'lim sohasida hamkorlik qilish va shu orqali ilmiy salohiyat jozibadorligini yanada orttirish, hamfikrlikda ilmiy loyihalar ustida ish olib borish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.
Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida innovasion g‘oyalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta'minlashga karatilgan loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish, mazkur hududlarda hayvonlar uchun ozuqabob o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha fikr-mulohozalar bildirildi. Olib borilgan muloqot davomida Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan hamkorlik yo‘nalishlari asosan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, filialning ilmiy bo‘limi va kafedralari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, samarali ishlarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba-yoshlarni ham bunga jalb qilish ekanligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Har ikki tomon o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirdi.
скачать dle 12.1