Yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida joriy yilning 19 iyun kunidan boshlab bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish hamda bitiruv malakaviy ishlari himoya qilish jarayoni boshlangan edi.
“Veterinariya va zooinjeneriya” fakultetining «Veterinariya meditsinasi» va «Zooinjeneriya» mutaxassisligi bitiruvchi talabalari 10 kun mobaynida mutaxasslik fanlaridan attestatsiya sinovlarini topshirdi va bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Jarayonlar adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlashga alohida e'tibor qaratildi. Bunda Korrupsiyaga qarshi kurashish“komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda komissiyasi a’zolari ushbu jarayonlarni diqqat bilan kuzatib, nazorat qilib borishdi. Shuningdek, ochiq-oydinlikning yoqqol misoli sifatida imtixon topshirish jarayonining har bir kuni filialning rasmiy Youtube platformasi orqali jonli tarzda efirga uzatib borildi.
Talaba-yoshlar imtixon topshirib 4 yil davomida o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoniga mahorat bilan tayyorgarlik ko‘rib, tanlagan mavzulariga alohida urg‘u berishdi. Diplom ishlari yuqori ball bilan baholandi. Joriy o‘quv yilida filialimizni 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 359 nafar talaba tamomlaydi. Shundan, 88 nafari Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha, 55 nafari veterinariya laboratoriyasi va diagnostika ishi yo‘nalishi bo‘yicha, 216 nafari esa veterinariya meditsinasi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. 19 iyun kunidan boshlangan bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish hamda bitiruv malakaviy ishlari himoya qilish jarayoni 29-iyunga kadar davom etdi va o‘z yakuniga yetdi. O‘z o‘rnida barcha bitiruvchilarni imtixonlarni muvaffaqiyatli topshirib olganligi va bakalavr bosqichini yakunlayotganlari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ularga omad va ezgulik hamroh bo‘lishini tilaymiz.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1