Filial talabasi «Umid uchquni» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Kuni kecha 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi markaziy Amfiteatrda «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, butun respublikamiz yoshlarini samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng iqtidorli, intiluvchan, o‘zlariga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, ijobiy natijalarga erishayotgan bir qator faol yoshlar «Umid uchquni» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonchlisi, taqdirlangan yoshlar orasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining bitiruvchi kurs talabasi Ataniyazov Saparniyaz Barlikbaevichga ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori asosida Umid uchquni» ko‘krak nishoni topshirildi.
2022-2023-o‘quv yilida Islom Karimov nomli davlat stipendiyasining sohibi bo‘lish baxtiga erishgan faol talabamizni butun filial jamoasi nomidan qizg‘in qutlaymiz! Shu kabi muvaffaqiyatlar yetagidan tutib, ezgu maqsadlar sari shaxdam qadam tashlashdan to‘xtamasligingizni tilab qolamiz!
Axborot xizmatiскачать dle 12.1