Zooinjeneriya yo‘nalishi talabalarning bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 27 iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida navbatdagi bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti zooinjeneriya yo‘nalishining 6 nafar bitiruvchi talabasi 4 yil mobaynida o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, tanlagan mavzulari bo‘yicha diplom ishini himoya qildi. Fakultet dekani A.Kaniyazov hamda komissiya a'zolari bitiruvchilarni samimiy qutlab, kelajakda ularga baland parvozlar tiladi.
Kuni kecha Veterinariya meditsinasi yo‘nalishida tahsil olayotgan 6 nafar bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Komissiya a'zolari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari yaxshi baholandi. Albatta, ushbu lahzalar filial tarixida ajoyib damlar sifatida muhirlanib qoladigan, qolaversa, filial professor-o‘qituvchilari uchun ham hayojonli onlar bo‘lib hisoblanadi. Bugun bitiruvchilar o‘zlari tanlagan dolzarb mavzular bo‘yicha diplom ishini himoya qilishdi. Mazkur bo‘lajak mutaxassislarimizdan umidimiz katta.
Ular kelajakda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan berilgan bilim ham ega bo‘lgan ko‘nikmalarini oqlab, o‘z sohasining rivojida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘sha olishiga katta ishonch bildiramiz. Ma'lumot o‘rnida, joriy yil zooinjeneriya yo‘nalishi bo‘yicha jami 88 nafar talaba o‘qishni tamomlaydi. Shundan, 82 nafar talaba yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirgan bo‘lsa, 6 ta talaba bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1