SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIBitiruvchilar diplom ishinini muvaffaqiyatli himoya qildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Bitiruvchilar diplom ishinini muvaffaqiyatli himoya qildi
Bitiruvchilar diplom ishinini muvaffaqiyatli himoya qildi
Joriy yilning 26-iyun kuni filialimizning bitiruvchi yoshalari uchun juda hayojonli kun bo‘ldi. Ya'ni, Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 6 nafar bitiruvchi bosqich talabalari o‘zlari tanlagan dolzarb mavzular bo‘yicha diplom ishini himoya qilishdi. Komissiya a'zolariga bitiruv malakaviy ishlari taqdim etildi va mavzular keng yoritib berildi. —4 yil olgan bilimlarimizga suyunib bitiruv malakaviy ishimizni muvaffaqiyatli himoya qilib oldik—deydi bitiruvchi bosqich talabasi V.Joldasbaeva — bu hayojonli onlarda zimmamizdagi katta mas'uliyat yukini to‘laqonli his qilib, mavzuni keng tushuntirib berishga astoyidil harakat qildik.
Shuni alohida e'tirof etib o‘tishimiz joiz, diplom ishini himoya qilish jarayonida bitiruvchilarni shaffof tarzda baholashga alohida ahamiyat qaratildi.
Joriy yil filialda tahsil olgan bitiruvchi talabalar mutaxassislik fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirishdi hamda bitiruv malakaviy ishini himoya qilishdi. Ushbu jarayonlar 29-iyunga qadar davom etadi.. Ma'lumot uchun, joriy yil Veterinariya meditsinasi yo‘nalishida tahsil olayotgan jami 219 nafar bitiruvchi talabalardan 210 nafari yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirishgan bo‘lsa, 6 nafari esa bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi. Bugungi diplom ishi himoyasida deyarli ko‘pchilik talabalar yuqori baholarni olishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu o‘rinda bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan talabalarimizni chin ko‘ngildan qutlaymiz va kelajakda ularga faqat baland parvozlar tilaymiz!