26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali majlislar zalida 26 iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili Mayor S.Allamjarov, «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov, filial profilaktika inspektori katta leytenant Q.Qayipnazarov hamda talaba-yoshlar qatnashdi.
Fakultet dekani A.Kaniyazov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi. Tadbir davomida S.Allamjarov so‘zga chiqib, “asr vabosi” deya ta'rif beriladigan giyohvandlikka qarshi kurash olib borishimiz zarurligi, ushbu illat salomatligimizga va insoniyat kelajagiga rahna solishi mumkin ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bugungi kunda yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib berdi. Dunyo bo‘yicha giyohvand moddalar iste'mol qiluvchilar soni bo‘yicha statistik ma'lumotlar keltirib, narkologik kasalliklarga chalinishning salbiy oqibatlarigaalohida urg‘u berib o‘tdi. Yig‘ilganlarga mavzuga oid ijtimoiy rolik qo‘yib berildi. Talaba-yoshlar kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1