Davlat attestasiya imtihonlari jarayonlari boshlandi
Joriy yil 19 iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish jarayoni boshlandi.
Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 40 nafar bitiruvchi bosqich talabalari mutaxassislik fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirdi. Imtihon jarayonlarining ochiq-oydin va shaffof tarzda bo‘lib o‘tishini ta'minlashga alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, imtihon jarayonini jonli efir orqali kuzatish imkoni yaratildi. Jonli efir havolasi filialning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha rasmiy sahifalari orqali berib borildi.
— Joriy yilda filialimizni 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 359 nafar talaba tamomlaydi. Bitiruvchilarning Davlat attestasiya imtihonlarini topshirish jarayonlariga bugundan boshlab start berdik. Komissiya a'zolari ushbu jarayonlarning shaffof va adolatli tarzda o‘tishiga alohida urg‘u bermoqda—deydi Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti dekani A.Kaniyazov.
Bugungi kun 40 nafar talaba uchun muhim sana sifatida muhrlanib qoladi va bitiruvchilarga yangi g‘oyalar sari shaxdam qadam tashlashga motivatsiya beradi. Talaba-yoshlar 4 yil mobaynida ustozlaridan olgan bilim va ko‘nikmalarin sinovdan o‘tkazdi.
—Bugun guruhdosh do‘stlarim va men uchun hayojonli va taassurotlarga boy kun bo‘ldi. 4 yil davomida barcha semestr imtihonlarini «5» bahosiga topshirib kelganligim sababli bugun unchalik hayojon bosmadi. Bugun ham a'lo bahoga topshirib xursand bo‘lib chiqdim imtihondan—deydi 4-bosqich talabasi Sh.Qarlibayeva.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib-qoidalar asosida bo‘lib o‘tishiga alohida ahamiyat qaratilib, barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestasiya imtihonlarini topshirish jarayoni belgilangan grafik asosida o‘tkazib boriladi.
скачать dle 12.1