Bilimdon talabalar “Zakovat”da bellashdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida iyun' oyi “Yoshlar oyligi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov ochib berdi va bilimdonlarga omad tilab o‘tdi.
Shundan so‘ng intellektual o‘yinga start berildi. Unda 10 ta jamoa tarkibida 60 nafar ishtirokchi qatnashdi. Qiziqarli savollar, jonli emosiyalar va qizg‘in muhokamalarga boy o‘tgan o‘yinda talabalar 1-o‘rin uchun bahslashdi. “Zakovat” intellektual o‘yini davomida filial bilimdonlarining mantiqiy fikrlashi yanada shakllandi, turli soha bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Qiziqarli va mantiqiy savollar berilgan mazkur o‘yinda talaba-yoshlar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini yuzaga chiqarishdi. O‘yin yakunida eng yuqori ballni to‘plagan «Qareken» jamoasi mutloq g‘olibga aylandi. «Region 95» jamoasi o‘z zukkoligi bilan ikkinchi o‘ringa munosib deb topildi. Uchinchi o‘rinni «Orol» jamoasi egalladi. G‘olib bo‘lgan jamoalarga taqdirlash marosimida diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Talabalar «Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan mazkur “Zakovat” intellektual o‘yini ularga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, zavq bag‘ishlaganini e'tirof etishdi.
скачать dle 12.1