Talabalarning kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida tanlov o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasining assistent-o‘qituvchisi B.Nasirov tomonidan talaba-yoshlar orasida kompyuter savodxonligini yanada oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni jalb etish, bilim va ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tanlov o‘tkazildi. «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri P.Xojalepesov so‘zga chiqib, shu kabi tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘xtalib, qatnashchilarga omad tiladi. Tanlov davomida talabalar Power Point dasturida ishlash bo‘yicha bellashdilar. Ishtirokchilar turli animatsiyalardan foydalangan holda slaydlarni tayyorlab namoyish etishdi. Bunda ular asosan tovush, matn, turli effektlar va ranglarga urg‘u berishdi.
— Talabalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida tanlov tashkil qildik —ularni jalb qilish uchun dastlab oddiy mavzular doirasida o‘tkazib, sekin murakkablashtirib boramiz.
Tanlov ishtirokchilari faollik ko‘rsatib, o‘z bilimlarini yuzaga chiqarishga harakat qilishdi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-bosqich talabasi A.Saburov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni esa 1-bosqich talabasi I.Aminov egalladi, 1-bosqich talabasi J.Tojibaev va M.Biysenbaevga 3-o‘rin nasib etdi. G‘oliblar diplom bilan taqdirlandi. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tarzda o‘tdi.
скачать dle 12.1