«Fakultet birinchiligi»da kimlar g‘olib bo‘ldi?
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti talaba-yoshlari orasida badminton sport turi bo‘yicha «Fakultet birinchiligi» o‘tkazildi. Tadbir boshida fakultet dekani A.Kaniyazov so‘z olib, bugungi kunda yoshlar orasida sportni yanada ommalashtirish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarga to‘xtalib, tashkil etilayotgan mazur musobaqaning ahamiyatiga urg‘u berib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng o‘yinga start berildi. Musobaqa qatnashchilari o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Fakultetning mazkur sport turiga qiziqishi ancha yuqori bo‘lgan yigit qizlari raqiblari bilan bellashdilar. Musobaqa qizg‘in tus oldi. Talabalar do‘stlik va hamjihatlikda tadbir atmosferasini yarata olishdi.
Quyida musobaqa g‘oliblari bilan tanishing:
Talaba yigitlar orasida:
1 — 2-bosqich 209-guruh talabasi A.Jumabaev,
2 — 2-bosqich 202-guruh talabasi A.Xalmurzaev,
3 — 1-bosqich 101-guruh talabasi A.Bazarbaev.
Talaba qizlar orasida:
1 — 1-bosqich 101-guruh talabasi T.Kdirniyazova,
2 — 4-bosqich 404-guruh talabasi N.Shamuratova,
3 — 2-bosqich 201-guruh talabasi G.Saparniyazova.
G‘oliblarni «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov qutlab, diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi. —Talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, qolaversa, ularni jismoniy faollikka chaqirishda shu kabi sport musobaqalarining ahamiyati katta—deydi A.Kaniyazov.Axborot xizmatiскачать dle 12.1