Senator talaba-yoshlar bilan muloqot olib bordi
Shu kunlarda senatorlar oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqotlar o‘tkazishmoqda. Joriy yilning 13 iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi U.Jalmenov filial talaba-yoshlari bilan uchrashdi. «Senator va yoshlar» uchrashuvini filial direktori, professor A.Esimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi. Tadbirda senator U.Jalmenov so‘zga chiqib bugungi kunda mamlakatimiz aholisining deyarli 60 foizdan ortig‘ini tashkil etadigan yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ayniqsa ularning sifatli va zamonaviy ta'lim olishi, ezgu orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi sa'y-harakatlar haqida to‘xtaldi.
— Sizlar o‘z zimmasida Yangi O‘zbekistonni qurishdek ulug‘vor vazifani ko‘tarib yurgan baxtiyor yoshlarsiz — deydi U.Jalmenov—Siz yoshlarga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash yo‘lida tinmay harakat qiling, rivojlanishdan to‘xtamang! Ilg‘or g‘oyalarni ilgari surib, yangilanishlar sari qadam tashlang! Ana shunda ijobiy natijalarga erishasiz.
Olib borilgan muloqot davomida talaba-yoshlarga parlament va senatorlarning ish faoliyati haqida ma'lumotlar berib o‘tildi. Bugungi siyosiy jarayonlar, yoshlarning jamiyatimizda tutgan o‘rni, ularning chukur bilim olishi bilan birga siyosiy savodxonligi yanada oshirib borishi kerak ekanligi xususida so‘z bordi. Senator talaba-yoshlar bilan hayot yo‘li va tajribalarini o‘rtoqlashdi. Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv talaba-yoshlarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1