Suvga cho‘kib ketish holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 11 iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida suv havzalariga cho‘kib ketish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi, kapitan J.Turaev, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Radiasion, kimyoviy va tibbiy – biologik muhofazani tashkil etish bo‘limi inspektori A.Qarlibaev, filial rahbariyati va talaba-yoshlar qatnashdi.
Tadbir boshida filial direktori A.Esimbetov so‘z olib, yoz fasli kelishi bilan suv havzalarida cho‘milish mavsumi boshlanishi, ayniqsa yoshlar bu borada tashabbuskorlikni qo‘lga olishini ta'kidlab, talaba-yoshlarni cho‘milish qoidalariga qat'iy amal qilishga chaqirib qoldi. Shundan so‘ng mutaxassislar so‘zga chiqib, cho‘kib ketish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarning oldini olish, ushbu hodisa ko‘pincha qanday holatlarda yuz berishi, uning oldini olishda nimalarga ahamiyat qaratishimiz kerakligi bo‘yicha batafsil to‘xtaldi. Bunday baxtsiz hodisalar yuz bermasligi uchun zarur tavsiyalarni berib o‘tdi. Jumladan, havo harorati 30–38 darajadan kam bo‘lmagan holatda suv havzalarida cho‘milish tavsiya etilishi, chanqab turgan paytda va och qoringa, bemor bo‘lib muolajalarni yaqinda to‘gatgan bo‘lsa, shuningdek spirtli ichimlik iste'mol qilish kabi holatlarda cho‘milish tavsiya etilmasligi qayd etildi. Talaba-yoshlarga taqiqlangan joylarda cho‘milmaslik alohida ta'kidlab o‘tildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan cho‘kkan insonga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib o‘tildi. Yig‘ilganlarga cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlar tufayli har yili yoz mavsumida qancha inson vafot etishi haqida statistik ma'lumotlar keltirildi.— Yoshlar orasida ko‘plab targ‘ibot tadbirlari olib borilishiga qaramay, ko‘plab insonlar yoz mavsumida mana shu baxtsiz hodisa qurboniga aylanib qolishi achinarli holat—deydi — ko‘pchilik aynan men bilan bu hodisa yuz bermaydi deb o‘ylab loqaydsizlik bilan qaraydi bu esa noto‘g‘ri xulosa. Doim e'tiborli bo‘lishimiz zarur.
Tadbir doirasida filial direktori A.Esimbetov xodimlar bilan alohida uchrashib, mavzu yuzasidan tegishli masalalarni muhokama qildi. Tegishli mas'ullarga suvga cho‘kish holatini oldini olish bo‘yicha talaba-yoshlar orasida keng targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlarni berdi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1