Talaba qizlar milliylik va nafosat tanlovida bellashdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti talaba qizlari orasida «Qizlar va milliy liboslar moda olami» mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva va «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Dawletovalar so‘zga chiqib, qizlarning bor nafosoti, milliyligi va iqtidorini yuzaga chiqarishda shu kabi tanlovlarning ahamiyati katta ekanligi haqida to‘xtaldi. Tanlovga kunduzgi va sirtqi bo‘limda tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirok etishdi. Qatnashchilar jami 5 shart bo‘yicha bellashdi. Milliylikni o‘zida aks etgan shartlarni bajarish davomida ishtirokchilar qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urgan bo‘lsa ajab emas.
Talaba-qizlar milliy liboslar ko‘rgazmasi shartida sahnada milliy liboslarda yanada go‘zallashib ketganligi zalda yig‘ilganlarning bahri-dilini ochdi. Qizlarning topqirligi, zukkoligi va hozirjavob ekanligi tadbir davomida namoyon bo‘ldi. Ko‘rik-tanlov yakunida N.Xojambergenova fahrli birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. A.Matekova ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, S.Qalbaeva o‘z zukolligi bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir doirasida tabiat qo‘ynida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Axborot xizmati скачать dle 12.1