Qabul jarayonlariga oid masalalar muhokama qilindi
Ma'lumki, bugundan 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni online ro‘yxatga olish boshlandi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida qabul komissiyasi va qabul jarayonlariga oid yig‘ilish o‘tkazildi. Filial direktori Adilbay Esimbetov so‘zga chiqib, 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga start berilganligi, ushbu jarayonga barcha yuksak mas'uliyat bilan yondashish talab etilishi, yangi o‘quv yilida qabulga oid yangiliklar xususida to‘xtaldi.
Tegishli ma'sullardan tarkib topgan komissiya a'zolari va komissiyaning mas'ul kotibi bilan tanishtirib o‘tdi. Komissiya ish tartibi kelishib olindi. —Oldimizda turgan shu muhim masalaga barchamiz chuqur mas'uliyat bilan yondashib, jarayonlarning bekamiko‘st o‘tishini ta'minlashimiz darkor—deydi filial direktori A.Esimbetov—har biringizni zimmangizdagi vazifaga e'tibor bilan qarashga chaqiraman! “Call-center”faoliyati tashkil etishdan tortib, abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlariga muntazam ravishda javob qaytarib, zarur bo‘lgan ma'lumotlar bilan tanishtirib borish jarayonlarini mukammal tashkillashtirishgacha barchangiz jonbozlik ko‘rsatasiz. Hamma hamjihatlikda ish olib boramiz.
Shundan so‘ng qabul komissiyasining mas'ul kotibi A.Kaniyazov so‘zga chiqib, tegishli ma'lumotlarni berib o‘tdi va tegishli tegishli ma'sullarga vazifalarni taqsimlab berdi. Yig‘ilish davomida jarayonga oid masalalar muhokama qilindi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1