Qozog‘istonlik akademik filial talabalarining bilimga chanqoqligini e'tirof etdi
Kecha ma'lum qilganimizdek, filialga Qozog‘istonning Top-500ga kiruvchi Shimkent shahridagi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyati Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining faxriy professori, Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi akademigi J.Parjanov tashrif buyurgan edi. Qozog‘istonlik akademik filial rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng, «Zooinjeneriya» yo‘nalishining 2-bosqich 206-guruh talabalariga dars o‘tib boshladi. Jumladan, «Yilqichilik va tuyachilik» fanidan olib borilgan ma'ruzalar davomida talabalarga tegishli mavzularda to‘laqonli ma'lumotlar taqdim etilishi bilan birga, qo‘shimcha tarzda Qozog‘istondagi naslli yilqilar va ularning parvarishi, yilqi chorvachiligining rivojlanish bosqichlari, zotdor otlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib kelayotgani xususida qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tildi.
— Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ilk safarimni aynan ushbu filialdan boshladim, boisi, bu yerda zooinjeneriya yunalishi bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tahsil olmoqda— deydi akademik J.Parjanov —yoshlarning bilimga chanqoqligi, bo‘lajak kasbiga bo‘lgan mehrini mamnuniyat bilan qayd etishim mumkin. Filial bilan hamkorlikni yanada kengaytirib, kelgusida xalqaro ilmiy loyihalar va ilmiy konferensiyalarda birgalikda faoliyat olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalarni muhokama qildik.
Muhimi talabalar yangi bilimlarini o‘zlashtirib, Qozog‘istonlik akademik bilan fikr almashish baxtiga musharraf bo‘ldi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1