«Yosh ixtiologlar» sun'iy hovuzda baliqlarni parvarish qilish bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lishdi
«Zooinjeneriya» kafedrasining «Yosh ixtiologlar» to‘garagi a'zolariga «Sun'iy hovuzda baliqlarni parvarish qilish usullari» mavzusida mashg‘ulotlar olib borildi. To‘garak rahbari Z.Dawletova talaba-yoshlarga sun'iy hovuzda intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi, qanday baliq turlarini ko‘paytirish mumkin ekanligi, ularni parvarish qilish va oziqlantirish bo‘yicha tushunchalarni berib o‘tdi.
—Filialda zooinjeneriya yo‘nalishining talabalari tomonidan barpo etilgan sun'iy hovuz atrofida olib borilgan dars davomida talabalar hovuzda parvarish qilinayotgan sazan va afrika laqqasi baliqlarini boqish jarayonida aynan nimalarga e'tibor qaratish lozim ekanligi, ularni to‘g‘ri oziqlantirish va parvarish qilish usullari haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo‘lishdi —deydi to‘garak rahbari Z.Dawletova.
Talabalar baliqlar uchun ozuqalar ko‘rgazmasini tashkil etib, yem turlarini yaqindan o‘rganishdi. Shuningdek, talabalarga bugungi kunda yurtimizning qaysi hududlarida ko‘proq baliq yetishtirilayotgani, ular uchun ozuqlar yetarli darajada ekanligi, baliqlarning noyob turlarini parvarish qilishda nimalarga e'tiborli bo‘lish zarur ekanligi va ularni boqish, ko‘paytirish usullari haqida qo‘shimcha ma'lumotlar berib o‘tildi. To‘garak a'zolari katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1