Talabalar adabiy-ma'rifiy haftaligi doirasida “Zakovat”da bahslashdi
Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish markazida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan adabiy-ma'rifiy haftaligi doirasida qator ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda talabalar tomonidan ijodiy chiqishlar, milliy urf-odatlarimizni hamda qadriyatlarimizni o‘zida aks etgan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Bugun haftalik doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Zukko va yaxshi mantiqiy fikrlashga ega bo‘lgan talaba-yoshlarni bir joyga jamlagan tadbirda jami 8 ta jamoa bellashdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha jamoaga zafarlar tiladi.
O‘tkazilgan o‘yin talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularga pozitiv kayfiyat ulashdi. Ishtirokchilar bir-biridan qiziq bo‘lgan va teran fikr yuritishga undaydigan savollarga javob izlab, o‘z bilmlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin natijalariga ko‘ra, 3-bosqich 310-guruh talabalaridan tarkib topgan “Everest ” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va g‘oliblar diplomi hamda sovg‘a bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 3-bosqich 302-guruh talabalarining “Qaraken” jamoasi ikkinchi o‘rinni, 310-guruh talabalarining “Forever” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallab, diplom va esdalik sovg‘alarni qo‘lga kiritdi. Ushbu tadbir talaba-yoshlarga juda manzur keldi. Ular vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga manitiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu kabi tadbirlar bilimdon talabalarning zukkoligini yanada oshirish va tafakkurini boyitib borishda, har tomonlama hozirjavob bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. Bugungi “Zakovat”da bahslashgan talabalar ham buni e'tirof etib o‘tishdi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1