Asalarichilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30 may kuni Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida asalarichilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Gemaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamda Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) bilan bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu seminarda Qoraqalpog‘istondagi asalarichilik fermer xo‘jaliklari vakillari, tegishli soha mutaxassislari, «Zooinjeneriya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdi. Seminarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali katta o‘qituvchisi O.G‘oyibov va Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) ning asalarichilik bo‘yicha mutaxassisi F.Musaevlar o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda asalarichilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar qayd etib o‘tildi. Ma'ruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilariga asalarilarda uchraydigan mavsumiy kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish, ushbu sohada naslchilikni tashkil etish va rivojlantirish, HiveTracks mobil ilovasidan qanday foydalanish, uy sharoitida asalari oilasini qanday parvarish qilish, zamonaviy veterinariya-sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, Asal mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, asalari oilasini yetishtirish va sotuvga tayyorlash, ularning ozuqa bazasini yaratish kabi mavzularda to‘laqonli ma'lumotlar berildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda sifatli asal mahsulotlari ishlab chiqarilib, xorijga eksport qilinayotgani, kelgusida sohada ilg‘or tajribalarni joriy etish tadbirlari va undan samarali foydalanish masalalari xususida so‘z yuritildi. Sohaga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha alohida ta'kidlab o‘tildi. Seminar ishtirokchilari qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Amaliy seminar ertaga Nukus tumanidagi asalarichilik fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1