Professor-o‘qituvchilar uchun korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 29-may kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali majlislar zalida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Filial direktori A.Esimbetov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Uchrashuv davomida yozgi semestr imtihonlari jarayonlari boshlanayotgani va ushbu jarayonga barcha katta mas'uliyat bilan yondashuv olib borishi lozim ekanligi, imtihonlar davomida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va shaffof tarzda bo‘lib o‘tishini ta'minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.
—Men bu masalani bot-bot takrorlashdan charchamayman, zarur bo‘lsa har biringizga yana alohida tushuntirish ishlarini olib boraman —deydi A.Esimbetov. Filialda imtihonlarda umuman, o‘qish jarayonida tamagirlik holatiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Bizning shior shaffoflik va halolik so‘zlari asosida baralla yangrashi kerak. Talabalarga adolat bo‘yicha birinchi galda o‘zimiz o‘rnak bo‘lamiz.
Shuningdek, xodimlar orasida tartib-intizom, ishchilar o‘z vazifasiga yanada mas'uliyat bilan qarashlari, talaba-yoshlarning bo‘sh-vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ham muhokama etildi. Imtihon jarayonlarining shaffof tarzda o‘tishini ta'minlashda dekanat, o‘quv-uslubiy bo‘limi va kafedralarga tegishli topshiriqlar berildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Smaylov va o‘qituvchilar va xodimlar ham so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildiridi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1