Adabiy-ma'rifiy haftaligi doirasida hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
Bundan avval adabiy-ma'rifiy haftaligi doirasida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazilganligi haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 24-may kuni “Istiqlol” bolalar dam olish markazida ushbu haftalik doirasida hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar qatnashdi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbir boshida so‘z olib, oliy o‘quv yurtlarida adabiy-ma'rifiy haftaligi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirishda va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda maqsadli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng talaba-yoshlar tomonidan qiziqarli konsert dasturi taqdim etildi.
Konsert davomida yoqimli ovozga ega talabalar tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlarning jonli tarzda ijro etilishi, go‘zal qizlar ijrosidagi ajoyib raqslar, qiziqarli chiqishlar bayram tadbiriga yanada fayz bag‘ishladi. Hiyobonlarda o‘tkazib kelinayotgan shu kabi bayram tadbirlari talaba-yoshlarni ezgu g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishida, bugungi osoyishta va farovon turmushimizning qadrini yanada chuqquroq anglab yetishga, ma'naviy dunyosini yanada boyitishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Filial talaba-yoshlari ishtirokida “Istiqlol” bolalar dam olish markazida o‘tkazilgan hisobot konsert dasturi barchga xushkayfiyat bag‘ishladi.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1