Yosh chorvadorlarning taqdimoti tinglandi
Talabalarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini yanada orttirib borish, ularni to‘garaklar faoliyatiga jalb etish, qo‘shimcha bilimlarni olishiga yordam berish, qiziqarli mavzularni birgalikda muhokama qilish va shu orqali ularning salohiyatini yanada rivojlantirib borish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklarda ishlar davom etmoqda.
Mana shunday to‘garaklardan biri «Zooinjeneriya» kafedrasidagi «Yosh chorvadorlar» to‘garagi a'zolari mutaxassisligiga oid qiziqarli mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib kelishmoqda. Navbatdagi mashg‘ulotlar davomida 3-bosqich 312-guruh talabalari ishtirokida «Qoramollarni sun'iy urug‘lantirish», «Baliqlarni oziqlantirish» va «Quyon boqish sirlari» mavzulari asosida taqdimotlar tinglandi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.Turganbaev, kafedra mudiri X.Mamatov hamda kafeda o‘qituvchilari talabalarning chiqishlarini kuzatib, muhokama etilgan mavzu yuzasidan savol-javob shaklida davom ettirildi. Shuningdek, tadbir davomida yosh chorvadorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yemlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi. Ushbu to‘garak talaba-yoshlarning bilimlarini yanada mustahkamlash bilan birga ularning o‘z fikrlarini ravon yetkazib berish qobiliyatini ham shakllantirib boradi.
скачать dle 12.1