«Yosh dasturchilar» to‘garagi a'zolari yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning asosiy dars mashg‘ulotlaridan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bilimlarini yanada mustahkamlab borish maqsadida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
Jumladan, «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasi tomonidan talabalarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish savodxonligini yanada oshirish maqsadida «Yosh dasturchilar» to‘garagi tashkil etilib ushub soha bo‘yicha yoshlarning bilimlari mustahkamlanmoqda. To‘garak rahbari B.Nasirov muntazam ravishda talabalar bilan ishlab, ularga bilim va ko‘nikmalarni berib bormoqda. «Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi» mavzusida olib borilgan to‘garak mashg‘ulotlari davomida talabalarga bugungi kunda butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etishi, bu bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar,ijtimoiy tarmoqlardagi yuzlab soxta akkauntlar tomonidan tarqatilayotgan tasdiqlanamagan xabarlarga ishonmaslik, internetdan samarali foydalanish, axborotlarni qanday tahlil qilish kerak ekanligi bo‘yicha atroflicha ma'lumotlar berildi.
— Hech kimga sir emaski bugungidek axborot texnologiyalari asrida yoshlarning kompyuter texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda IT bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratib berish muhim hisoblanadi — deydi Iqtisodiyat va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri P.Xojalepesov —shu bois ushbu to‘garakni tashkil etish orqali talabalarning qiziqishlarini yanada orttirib, ularda zarur bilimlarni shakllantirib borish maqsadini ko‘zladik.
«Yosh dasturchilar» to‘garagi a'zolari mavzu yuzasidan kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
скачать dle 12.1