Talabalar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazildi
Ayni kunlarda Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham tasdiqlangan grafik asosida «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazildi. Jarayon davomida talabalar belgilangan masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, basketbol savatiga to‘p tashlash, chalqancha yotgan holatdan gavdani ko‘tarib tushirish yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish kabi mashqlarni bajarishdi.
—Talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan sinovlar yakunida ishtirokchilarning darajalarini aniqladik. Talabalar sinovlar davomida faollik ko‘rsatib, maxsus sport sinovlarini yaxshi bajarishdi. Shu kabi sport tadbirlari yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaxshigina motivasiya bo‘ladi deb o‘ylayman —deydi «Iqtisodiyat va gumanitar fanlar» kafedrasining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Q.Urazbaev.
Talaba-yoshlarning ham ma'nan, ham jismonan sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, filialda ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmb boriladi. Ular o‘rtasida o‘tkazilgan jismoniy tayyorgarlik sinovlari qoniqarli darajada tashkil etildi.
скачать dle 12.1