“Xotira abadiy, inson muqaddas” shiori ostida ma'naviy tadbir o’tkazildi
Bugun, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati “Xotira abadiy, inson muqaddas” shiori ostida ma'naviy tadbir o’tkazildi. Tadbirga filial rahbariyati, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi a'zolari, Afg‘on urushi qatnashchilari nafaqadagi leytenant O.Toreniyazov va nafaqadagi mayor U.Allayarov, o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Filial direktori A.Esimbetov tadbirning kirish qismida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni qizg‘in qutlab, bugun bizga berilgan ne'matlar ichida eng ulug‘i tinchlik ekanligi, urushning alamli xotiralari bizni bugungi osuda hayotimizga shukurona keltirishimizga asosiy sabab ekanligi haqida nutq so‘zladi. Tadbir davomida esa tashrif buyurgan mehmonlar so‘z olib, yurtimizdagi bugungi osoyishta hayot zamirida jang maydonida vatani uchun jon fido qilgan ota-bobalarimizning mashaqqatli mehnati yotgani, shuningdek, davlatimizda urush faxriylariga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom borasida so‘z yuritdi. Ular o‘zlarining hayotiy va uzoq yillik ish tajribalarini talaba-yoshlar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida ikkinchi jahon urushida bir yarim milliondan ziyod ota-bobolarimiz jang maydonida mardlarcha g‘alaba uchun kurashib, jang qilishgani va ularning xotirasi biz uchun doyim aziz ekanligi haqida alohida ta'kidlab o‘tildi. Tadbirning yakuniy qismida talaba-yoshlar tomonidan urush yillarini va g‘alabani madh etuvchi she'rlardan parcha ijro etildi. 9 may—Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir talaba-yoshlarimiz qalbida bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukuronalik hissini yana bir marta uyg‘otgani aniq.
скачать dle 12.1