Gender tenglik masalalari va ayollarga bog‘liq zo‘ravonlikni bartaraf qilish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba qizlari va texnikum o‘quvchilari ishtirokida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender zo‘ravonlik bilan kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Xotin qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik A.Namenova, texnikum o‘qituvchisi O.Jumanovalar so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda Xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan alohida e'tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining ijobiy natijasini berib, ular turli sohalarda tashabbuskorlik ko‘rsatib, jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgnaligini, Xotin-qizlarga oid davlat siyosatining hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilib, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtaldi.
A.Namenova o‘z nutqida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosini bartaraf etish borasida amalga oshirilib kelinayotgan ishlar, ushbu muammo har qanday jamiyat uchun dolzarb bo‘lib kelayotganligi va Xotin-qizlar huquqlarini poymol qilish bilan bog‘liq jinoyatlar jazosiz qolmasligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilganlarga oilaviy zo‘ravonlik va uning salbiy oqibatlari, joylarda turli targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay hali-hanuz ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklar sodir etilayotganligi juda achinarli holat ekanligi haqida gapirib berdi. Mutaxassis statistik ma'lumotlarni keltirib, talaba-qizlarga aniq tushunchalarni berdi. Mana shunday zo‘ravonliklarning oldini qanday qilib olish mumkinligi, shu kabi salbiy holatlarni o‘rganib ijobiy yechim topish zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Qizlar bilan olib borilgan muloqot davomida mavzu doirasida masalalar muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qilib, qoniqarli javoblarni olishdi. Tadbir davomida gender tenglik masalalari va ayollarga bog‘liq zo‘ravonlikni bartaraf qilish mavzusiga alohida urg‘u berildi.Axborot xizmati скачать dle 12.1