“Intellektual haftalik” doirasida turli tadbir va tanlovlar tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun imkon yaratish, ularning intellektual salohiyatini yanada oshirish va rag‘batlantirish hamda intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Intellektual haftalik” doirasida turli tadbir va tanlovlar tashkil etildi.
Jumladan, talaba-yoshlarning sport sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sportning shaxmat va shashka turidan musobaqa o‘tkazildi. Qizg‘in baxslarga boy tarzda kechgan musobaqa davomida ishtirokchilar faol qatnashib, o‘yin g‘oliblari munosib taqdirlandi. Haftalik doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etilib, jami 200 nafardan oshiq talaba-yoshlar aqlni charxlaydigan o‘yinda bellashdilar. Murosasiz kechgan bahslarda har bitta jamoa faollik ko‘rstishga intildi. G‘olib bo‘lgan zukko jamolar diplom va kitob bilani taqdirlanishdi.
Shuningdek haftalik doirasida munozara intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu o‘yin davomida chuqur tahlil qilish va mustaqil fikrlash qobiliyatga ega, yaxshi mantiqiy fikrlay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar debatda faol ishtirok etishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamolarga diplom va kitob topshirildi.
“Intellektual haftalik” doirasida filial psixologi M.Allamuratova tomonidan "Talabalarning intellektual salohiyatini rivojlanitirish" mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Seminar davomida qiziqarli pisxologik mashg‘ulotlar olib borildi. Seminar mavzusi bo‘yicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi. Talaba-yoshlarga ijobiy kayfiyat ulashildi.
– “Intellektual haftalik”ni imkon darajasida tashkil etishga harakat qildik. Muhimi talaba-yoshlar faol qatnashib, ijobiy natijalarni ko‘rsata oldi. Ularning bo‘sh vaqtlari mazmunli va maqsadli o‘tdi – deydi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov. Haftalik talabalarga manzur bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
скачать dle 12.1