«Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy axborot bo‘yicha bosh mutaxassisi N.Berdiniyazova, profilaktika inspektori Q.Qayipnazarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Smaylov, yuriskonsult N.Qannazarova, o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i A.Seytkamalov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar va ularning samarali natijasi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, korrupsiya har qanday jamiyat rivojiga putur yetkazishi haqida to‘xtaldi.
Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga birgalikda qarshi kurash olib borishimiz, buni esa eng avvalo o‘zimizdan boshlashimiz zarur ekanligi, ushbu masala jahon miqiyosida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanishi va uni bartaraf qilish uchun hamjihatlikda ish olib borish kerak ekanligi ta'kidlab o‘tildi. Talaba-yoshlarga har doim shaffoflik va ochiqlikni targ‘ib etishga, bilimlarni teran o‘zlashtirib kelajakda yetuk mutaxassis va adolatni ilgari suradigan kadr bo‘lib yetishish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi. Tadbir savol-javob shaklida davom etib, yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan to‘laqonli javob olishdi.
скачать dle 12.1