Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun forum o‘tkazildi
Joriy yilning 18-19 aprel kunlari “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun o‘quv seminari hamda Forum bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu forumda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Kazaxbaeva ham ishtirok etdi.
— 200 dan oshiq Xotin-qizlarni bir joyga jamlagan forum yuqori saviyada tashkil etildi,— deydi G.Kazaxbaeva— 2 kun davom etgan o‘quv seminari davomida juda ko‘p foydali ma'lumotlar oldik. Yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga hamkasb do‘stlarimiz bilan jonli muloqot olib borish imkoniga ega bo‘ldik. Buxoro shahridan ajoyib taassurotlar bilan qaytdik.
Forum doirasida ishtirokchilarning bilimlari mustahkamlanishi bilan birga turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi. Samimiy muloqotlar olib borildi, dolzarb masalalarda fikr almashildi.
скачать dle 12.1